Telegram Group Search
Surxondaryoda Qurbon hayiti katta shodu xurramlik bilan boshlandi

Qurbon hayitining birinchi kuni vohada shodu xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi.

Muborak kunning erta tongidan viloyatimizdagi 130 ta jome masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Unda 196 mingdan ortiq namozxon saodatli kun ibodatini ado etdi.

Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.

Qurbon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlar tinch-osuda va farovon hayotga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdi.

Shuningdek, xayru-saxovat ayyomida viloyatimizning shahar va tumanlarida ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka yolg‘iz keksalar, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari yetkazib berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, muhtaram surxondaryoliklar!

Siz, azizlarni mehr-oqibat, xayr-saxovat, olijanoblik kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman.

Niyati va maqsadida yaxshilik va ezgulik bo‘lgan tanti surxondaryoliklarning Yaratganga shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi va farovonligini so‘rab qilayotgan duolari ijobatini tilayman.

Muborak kunda barcha vohadoshlarimizga Yaratgandan uzoq umr, baxt-saodat, sihat-salomatlik va xotirjamlik, xonadonlariga fayzu baraka tilayman.

Barchangizga yana bir bor azizu mukarram Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ezgu tilaklar va xolis niyatlar amalga oshadigan muborak Qurbon hayitining birinchi kunida o‘qilgan hayit namozidan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat sektorlari, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari bilan “Al Hakim At-Termiziy” majmuasini ziyorat qildi.

Yaratgandan yurtimizga fayz va baraka, tinchlik-xotirjamlik, yetishtirayotgan hosillarimiz mo‘l-ko‘lchiligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryolik g‘allakorlar bu yil ham mamlakatimizda birinchi bo‘lib, tovar don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Vohalik g‘allakorlar 2024-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, bugun, 16-iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101,0 foizga bajardilar.

Jumladan, Sheroboddagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi 107,2 sentner, Qumqo‘rg‘ondagi “Elobod ziyosi” fermer xo‘jaligi 106,0 sentner, Angordagi “Umid shox Angor” fermer xo‘jaligi 101,2 sentner, Muzrabotdagi “Amirqul bobo KAA” fermer xo‘jaligi 100,3 sentner, Jarqo‘rg‘ondagi “Panji Umid Bunyod” fermer xo‘jaligi 100,2 sentner, Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” fermer xo‘jaligi 101,0 sentnerdan hosil olib, vohamiz xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

G‘allakorlarimiz erishgan ushbu natija vohamizda qishloq xo‘jaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining samarasidir.

Joriy yilda voha g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.

Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Yoshlar siyosati ustuvor masala bo‘lgan Yangi O‘zbekistonimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar uchun har bir jabhada imkoniyatlar yaratilgan!"

Kecha Termiz shahrida o‘tkazilgan yoshlar sayli tadbirlari doirasidagi yurish marofonida viloyat hokimi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida intervyu berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryolik g‘allakorlar zafar muborak!

Surxondaryo viloyati g‘allakorlari tovar don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi. Bu haqida O‘zAga viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar qildi.

Joriy yil hosili uchun viloyatda 2 ming 278 fermer tomonidan 89 ming 300 gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Ob-havo noqulay kelgan bu yilgi sharoitda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini mehr bilan parvarishlagan dehqonlar mo‘l hosil to‘pladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/608271

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar sayli doirasidagi tadbirlar hamda gala konsert dasturining qaynoq lavhalari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari

Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida Qurbon hayiti munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari faoliyat yuritmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishining borishi o‘rganildi

Xabar berganimizdek, surxondaryolik g‘allakorlar respublikada birinchi bo‘lib, don korxonalariga tovar don sotish rejasini bajarishdi. Hozirda vohadagi qolgan dalalarda g‘alla o‘rimi davom etmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, davom etayotgan o‘rim jarayonlari hamda g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, don omborlarida g‘allani qabul qilish hamda saqlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Tashriflar davomida tumanlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi a’zolari g‘o‘zaga ozuqa berish, sug‘oshir, agrotexnik tadbirlarining borishi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rivojdan ortda qolayotgan dalalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida axborot berdi.

Viloyat rahbari ishlarni jadallashtirish, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlarini muddatida, sifatli amalga oshirish, bu orqali hosilga hosil qo‘shish lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2024/06/17 21:29:51
Back to Top
HTML Embed Code: